"Roma" himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi
4 MAY, 2026, 19:42
«Roma» va «Fiorentina» jamoalari nafaqat maydonda, balki transfer bozorida ham raqobatni davom ettirishlari mumkin.
La Repubblica Firenze nashrining xabar berishicha, Rim klubi florentsiyaliklar tarkibidagi futbolchilar hisobiga kuchayish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Xususan, «bo'rilar»ning qiziqishlari doirasiga o'ng qanot himoyachisi Dodo tushgan.
Braziliyalik futbolchining «Fiorentina» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan, biroq kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qolgan. «Binafsharanglilar» Donetskning «Shaxtyor» klubi sobiq o'yinchisini kelajakda tekinga qo'yib yubormaslik uchun shu yozdayoq sotish variantini istisno qilishmayapti.
Shuningdek, «Roma»ning short-listidan Nikkolo Fortini ham o'rin olgan bo'lib, klub unga qishda ham qiziqish bildirgan edi. Biroq futbolchining yuqori baholangani (taxminan 15 million evro) ehtimoliy transferni qiyinlashtirishi mumkin.