Tennis. Sinner Federerning natijasini takrorladi
4 MAY, 2026, 19:36
«Katta dubulg'a» turkumidagi turnirlarning to'rt karra g'olibi, dunyoning birinchi raqamli raketkasi, italiyalik Yannik Sinner «Masters» seriyasiga kiruvchi to'qqizta turnirning sakkiztasida zafar quchdi. U ushbu toifadagi musobaqalarda shveytsariyalik Rojer Federerning natijasini takrorladi.
Barcha «ATP-1000» turnirlari bosh sovrinini qo'lga kiritish hozircha faqat serbiyalik Novak Jokovichga nasib etgan, u bu ishni ikki marta amalga oshirgan.
Sinner faoliyati davomida Indian-Uells, Monte-Karlo, Toronto, Tsintsinnati, Shanxay, Parij va ikki bor Mayami turnirlarida chempionlikni qo'lga kiritgan.
