logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» polshalik vunderkind uchun poygaga qo'shildi. Uning tovon puli 60 mln evroni tashkil etadi

 4 MAY, 2026, 19:24

Portugaliyaning «Portu» klubi vingeri Oskar Petushevski Angliya Premer-ligasi grandlari e'tiboriga tushdi. Bu haqda Record nashri xabar bermoqda.

Manbaning so'zlariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida «Liverpul» klubi ko'rilmoqda. Biroq mersisaydliklar ushbu transfer borasida jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin — «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari ham futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Petushevski joriy yilning yanvar oyida Polshaning «Yagelloniya» jamoasidan 8 mln evro evaziga «Portu» safiga o'tgan edi. Portugaliya klubi tarkibida u tez fursatda o'zini ko'rsatishga ulgurdi: chap qanot vingeri 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golli harakatni (gol va assist) o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Qayd etilishicha, «ajdarlar» iqtidorli futbolchisini arzonga qo'yib yubormoqchi emas. Uning shartnomasidagi tovon puli (klausula) 60 mln evro etib belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ