«Xetafe»ning sobiq futbolchisi jamoaga murabbiy sifatida qaytishi mumkin
4 MAY, 2026, 19:18
«Xetafe» kelasi mavsumdan jamoa boshqaruviga Fabio Chelestinini tayinlash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, «Xetafe»ning amaldagi ustozi Pepe Bordalas shu mavsum oxirida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Ispaniya klubi prezidenti Anxel Torres Chelestinini uning o'rnini egallash uchun eng munosib nomzod deb hisoblamoqda — shveytsariyalik mutaxassis bilan ilk aloqalar o'rnatilgan. Shuningdek, klub nomzodlar orasida Serbiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Velko Paunovich variantini ham ko'rib chiqmoqda.
Ma'lumot uchun, Chelestini 2005 yildan 2010 yilgacha «Xetafe» sharafini futbolchi sifatida himoya qilgan.
