logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafinya kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi

 4 MAY, 2026, 18:24

«Barselona» vingeri Rafinya Saudiya Arabistoni klublaridan bo'layotgan qiziqishlar fonida o'z kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Marca nashri bergan xabarga ko'ra, bugungi kunda Rafinya klubni tark etish niyatida emas. Braziliyalik futbolchi kamida shu yozda «Barselona»dan ketmoqchi emas va klub rahbariyati uning bu pozitsiyasidan xabardor. Kataloniya klubi esa bu masalada shoshilmoqchi emas — «ko'k-anorranglilar» vaziyatni faqat Rafinya bo'yicha rasmiy taklif tushgandan keyingina tahlil qilib ko'radilar.

29 yoshli Rafinyaning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 80 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi 31 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ