logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» darvozaboni Italiya top-klubiga o'tishi mumkin

 4 MAY, 2026, 16:00

Madridning «Real» klubi darvozaboni Andrey Lunin bo'lajak transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Zaxira darvozaboni bo'lishiga qaramay, ukrainalik posbonga bozorda talab yuqori va u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun turli variantlarni o'rganmoqda. Bu haqda Sport.fr xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Lunin asosiy darvozabon sifatida mustahkam o'rin egallash imkoniyatini beradigan transferdan manfaatdor. Italiyaning «Inter» klubi 27 yoshli posbonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq «Real» futbolchini katta miqdordagi tovon pulis izisiz qo'yib yubormoqchi emas. Madrid klubi Luninni 30 million evroga baholamoqda va endigi asosiy masala — Milan klubi «qaymoqranglilar»ning moliyaviy talablarini bajarishga tayyormi yoki yo'qligida.

Ma'lumot uchun, Andrey Lunin 2018 yilning 22 iyunida Luganskning «Zarya» klubidan 8,5 million evro evaziga «Real»ga o'tgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ