«PSJ» Barkolyani sotadigan summa ma'lum bo'ldi
4 MAY, 2026, 15:36
23 yoshli frantsiyalik vinger Bredli Barkolya «PSJ»ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «PSJ» hali ham Barkolyani jamoaning muhim qismi deb hisoblaydi, biroq Evropa grandlari futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Tomonlar hozircha shartnomani uzaytirish borasida kelisha olishmayapti, shu sababli uning sotib yuborilishi istisno etilmaydi.
Ta'kidlanishicha, Barkolyaga «Real», «Barselona», «Atletiko», Dortmundning «Borussiya»si va «Bavariya» klublari qiziqish bildirmoqda. Agar manbaga ishonilsa, «PSJ» o'z futbolchisi uchun 70–80 million evro talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Barkolya barcha musobaqalarni hisobga olganda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
