Turki Al ash-SHayx bu jang yuzasidan Usik bilan uchrashadi - The Ring
4 MAY, 2026, 14:48
Saudiya Arabistoni Bosh ko'ngilochar boshqarmasi raisi Turki Al ash-SHayx superog'ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF va IBO yo'nalishlari chempioni ukrainalik Aleksandr Usik bilan navbatdagi jangni tashkil etish bo'yicha uchrashuv o'tkazadi.Bu haqda aynan ash-SHayxga tegishli The Ring jurnalisti Mayk Koppinger xabar berdi.
"Turki Al ash-SHayx Aleksandr Usik bilan uchrashib, agar u Riko Verxuvenni mag'lub etsa, shu yil oxirida Germaniyada bo'lib o'tadigan Agit Kabaelga qarshi The Ring jurnali talqini bo'yicha superog'ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun jangni muhokama qilishni rejalashtirmoqda", - deyiladi nashr xabarida.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
