logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Barella: «Oldinda bizni yana bir final kutmoqda»

 4 MAY, 2026, 14:06

«Inter» yarim himoyachisi Nikolo Barella «Parma» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Ushbu muvaffaqiyat «neradzurrilar»ga A Seriya yakunlanishiga 3 tur qolganda chempionlikni taqdim etdi.

«Albatta, biz baxtlimiz! Mavsum boshida aytganimizdek, bu bizning asosiy maqsadimiz edi. Oldinda yana bir maqsad turibdi — unga bir haftadan so'ng erishishimiz mumkin. Bu oson bo'lgani yo'q, lekin hozir ushbu lahzalardan zavq olmoqchimiz.

Bu futbol va hayot — ularda qiyin davrlar bo'lib turadi. Masalan, o'tgan mavsumda sovrinlarga juda yaqin kelgandik, ammo yakunda quruq qoldik. Hayotda muvaffaqiyatsizlikdan so'ng doimo qayta qad tiklash kerak. Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabiga rahmat aytmoqchiman — ular meni qiyin damlarda qo'llab-quvvatlashdi, men esa borimni berishga harakat qilyapman.

Doim aytganman: maydonda xato qilish mumkin, ammo bu jamoa hech qachon bir butun bo'lish ishtiyoqini yo'qotmagan. Biz doim borimizni berib o'ynadik. G'alaba qozonish yoki yutqazish mumkin, lekin men yigitlar bilan faxrlanaman», — dedi Nikolo Barella DAZN Italia efirida.

Eslatib o'tamiz, agar «Inter» 13 may kuni Italiya Kubogi finalida «Latsio»ni mag'lub etsa, mavsumni «oltin dubl» bilan yakunlashi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ