logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Yago Aspas — Ispaniya chempionatida debyutidan beri eng ko'p gol urgan mahalliy hujumchi

 4 MAY, 2026, 13:06

Ispaniyalik faxriy hujumchi Yago Aspas La Liganing navbatdagi turida yana gol urdi. U «Elche» darvozasini ishg'ol qildi va uning jamoasi — «Selta» 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Vigo klubi La Liga turnir jadvalida oltinchi o'ringa ko'tarilib oldi va endilikda evrokuboklarda ishtirok etish uchun da'vogarlik qilmoqda.

Bu Aspas uchun 2012/2013 yilgi mavsumdagi debyutidan beri Ispaniya chempionatidagi 171-gol bo'ldi. Bu ko'rsatkich shuni anglatadiki, u yuqori divizionda to'p sura boshlagan davridan buyon eng samarador ispaniyalik hujumchiga aylandi. Ehtimol, u bundan ham ko'proq gol urishi mumkin edi, biroq faoliyatining boshida «Selta» ma'lum muddat Segundada (Ispaniya ikkinchi divizioni) ishtirok etgan va Aspas o'sha paytda gollarini aynan o'sha erda kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ