logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roberto de Dzerbi: «Premer-liga juda shafqatsiz»

 4 MAY, 2026, 12:48

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Aston Villa» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng Angliya Premer-ligasining qiyinligi haqida gapirdi. «Shporlar» muhim uch ochkoni qo'lga kiritib, mavsum yakuniga uch tur qolganda xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) chiqib olishdi.

«Premer-liga juda shafqatsiz. Jamoada jarohatlar ko'payib ketsa, uzoq vaqt g'alaba qozona olmasang va o'zingga bo'lgan ishonchni yo'qotsang, har bir o'yin bilan vaziyat yomonlashib boraveradi. To'xtash va hammasini noldan boshlash uchun yangi kuch topish kerak», — deya De Dzerbining so'zlarini keltirmoqda The Touchline.

Italiyalik mutaxassis mart oyi oxirida iste'foga chiqarilgan Igor Tudorning o'rniga «Tottenxem» boshqaruvini qo'lga olgan edi. Ayni damda jamoa «Vest Xem»ni bir ochkoga ortda qoldirib, 17-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ