«Barselona» Rafinyani Saudiya Arabistoniga sotib, katta mablag' ishlab olishi mumkin
4 MAY, 2026, 12:12
«Barselona» vingeri Rafinya Dias Saudiya Arabistoni chempionati vakillarining transfer maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda. Nomi oshkor etilmagan Saudiya klublari kelayotgan yozda yulduzli braziliyalik uchun 90 million evro to'lashga tayyor, deb xabar bermoqda Transfer News Live nashri El Pais ma'lumotlariga tayanib.
Futbolchining o'ziga yiliga taxminan 30 million evro miqdoridagi katta maosh taklif qilinishi kutilmoqda. Shu kunlarda Rafinya o'z kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagani haqida xabarlar paydo bo'ldi, vaholanki, avvalroq 29 yoshli futbolchi «Barselona»da qolish niyatida ekani aytilgan edi. «Ko'k-anorranglilar» hujum chizig'i etakchisining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
