logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Bernardu Silva va Jon Stounsning jamoadan ketishi haqida gapirdi

 4 MAY, 2026, 09:36

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Bernardu Silva va Jon Stounsning tez orada klubni tark etishi haqida fikr bildirdi. Yaqinda «shaharliklar» portugaliyalik va angliyalik futbolchilarning muddati tugayotgan shartnomalari uzaytirilmasligini rasman tasdiqladi — ular mavsum yakunlangach, erkin agentga aylanishadi.

«Menimcha, rasmiy e'londan keyin har ikki futbolchi ham engillik his qilmoqda. Men Jondan: "O'zingni qanday his qilyapsan?" deb so'radim. U esa: "Hammasi yaxshi, engillikni va muxlislarning mehrini his qilyapman", deb javob berdi. Men ular g'alaba qozonishni qanchalik yaxshi ko'rishlarini bilaman. Mashg'ulotlarda ko'ryapmanki, Bernardu ketishi e'lon qilinganidan keyin ham o'zini xuddi avvalgidek tutmoqda. Ularning munosabati o'zgargani yo'q», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «Siti» safarda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ