logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe «Barselona»ga qarshi o'ynaydimi? Arbeloa javob berdi

 4 MAY, 2026, 08:06

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening holati haqida ma'lumot berdi. Frantsiyalik hujumchi La Liga doirasida «Espanol»ga qarshi kechgan yakshanba kungi bahsni jarohati sababli o'tkazib yubordi. Uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Navbatdagi turda, 10 may kuni madridliklar «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

«Kilianning "El Klasiko"gacha tiklanishga ulgurishini kuzatamiz. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, uning sog'ayishi uchun biroz ko'proq vaqt talab etiladigandek ko'rinmoqda, ammo vaziyatga qaraymiz», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi «Madrid Zone».

Agar «ko'k-anorranglilar» «Kamp Nou»da bo'lib o'tadigan navbatdagi bahsda «Real»ga mag'lub bo'lishmasa, muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ