logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Prevyu. «Xorazm» – «Andijon»

 4 MAY, 2026, 05:36

«Andijon» Superliganing 11-turini Urganchda «Xorazm»ga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor.

O'tgan yili har ikkala o'yinda ham «Andijon» ushbu raqibini bir xil – 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Ushbu jamoalarning chempionatdagi statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, 18 marotaba maydonda to'qnash kelishgan. «Andijon»da 10, «Xorazm»da esa 4 ta g'alaba bor. Yana 4 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 37-19, «Andijon» foydasiga.

«Andijon» va «Xorazm» ishtirokidagi uchrashuvlar tarixidagi eng yirik hisob 2006 yilgi chempionatda kuzatilgan bo'lib, unda andijonliklar raqibini 7:1 hisobida tor-mor keltirgan.

4 may kuni bo'lib o'tadigan «Xorazm» – «Andijon» bellashuvi soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ