«Real»ning ispaniyalik futbolchilari Arbeloaning o'yinchilarga nisbatan teng bo'lmagan munosabatidan norozi
3 MAY, 2026, 17:54
«Real Madrid»ning ispaniyalik futbolchilari Alvaro Arbeloaning jamoa yulduzlariga haddan tashqari mehribonlik ko'rsatayotganidan norozi bo'lishmoqda.
El Mundo nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar kiyinish xonasining ispaniyalik a'zolari, jumladan, Dani Karvaxal, Din Xyoysen, Raul Asensio, Dani Sebalos, Gonsalo Garsiya, Alvaro Karreras va Fran Garsiya, Arbeloa matbuot bilan muloqotda faqat yulduzlarni maqtashni afzal ko'rib, mahalliy o'yinchilarni e'tibordan chetda qoldirmoqda deb hisoblashadi.
Ta'kidlanishicha, murabbiy himoyachi Karrerasning ishga bo'lgan munosabatidan qoniqmagani sababli uni bir necha bor qaydnomadan chiqarib tashlagan.
Shuningdek, ba'zi futbolchilar Arbeloani yoshlarga haddan tashqari ishonib yuborishda ayblamoqda. Bu esa OAVda ba'zi etakchi futbolchilar, xususan, Eduardo Kamavinganing jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga sabab bo'ldi. Oxirgi bir necha hafta davomida jamoada keskin muhit hukm surmoqda, ba'zi o'yinchilar o'rtasida esa nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham to'g'ridan-to'g'ri ziddiyatlar va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan.
