logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shakiraning muxlislari Braziliyadagi kontsertda Jerar Pikeni haqorat qilishdi

 3 MAY, 2026, 17:48

Mashhur xonanda Shakira Rio-de-Janeyroning Kopakabana sohilida bepul kontsert berdi. Ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko'ra, ijrochining chiqishini ikki millionga yaqin kishi tomosha qilgan.

Kontsert davomida Shakira o'zining sobiq sevgilisi, «Barselona» sobiq futbolchisi Jerar Pikega bo'lgan munosabatiga sha'ma qilib o'tdi.

«Braziliyada 20 million yolg'iz onalar borligini bilarmidingiz? Ular oilalarini boqish uchun juda ko'p mehnat qilishlariga to'g'ri keladi. Va men ham ulardan biriman!» — dedi Shakira.

Shundan so'ng, kontsertga kelganlar jamoaviy tarzda Pike sha'niga haqoratli so'zlarni hayqira boshlashdi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Pike va Shakira futbolchining xiyonatlari tufayli munosabatlariga chek qo'yganlari ma'lum bo'lgan edi. O'shandan beri kolumbiyalik xonanda ikki o'g'lini tarbiyalab kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ