logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marta Kostyuk Madrid WTA 1000 turniri chempioni!

 3 MAY, 2026, 17:16

WTA reytingida 23-pog'onada borayotgan ukrainalik tennis malikasi Marta Kostyuk Madrid shahrida o'tkazilgan WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir g'olibasiga aylandi.

U hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik 19 yoshli Mirra Andreevani 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Marta Mirradan ustun keldi - 2:0. 

Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Kostyuk 4, Andreeva 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Marta g'alabali seriyasi 12 ta uchrashuvga etdi. U bu yil hali grunt mavsumida mag'lubiyatga uchragani yo'q. Bu uning faoliyatidagi uchinchi titul bo'ldi. Ilk bor WTA 1000 toifasidagi turnir bosh sovringa ega chiqdi.

Mutua Madrid Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kostyukka 1 007 165 evro mukofot puli hamda 1000 reyting ochkosi keltirdi. Andreeva esa 535 585 € hamda 650 ochko ishlab oldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ