logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" "Chelsi" va "Arsenal"ga Endrikning kelajagi haqidagi o'z pozitsiyasini ma'lum qildi — TEAMtalk

 3 MAY, 2026, 16:48

«Chelsi» va «Arsenal» klublari Madridning «Real» jamoasi hujumchisi, qishdan beri ijara asosida «Lion»da to'p surayotgan Endrikka qiziqish bildirmoqda. Biroq «qaymoqranglilar» London klublariga 19 yoshli forvardni sotish niyatida emasliklarini ma'lum qilishdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, «Real» Endrikning qaytishini kutmoqda va u jamoaning keyingi mavsum uchun rejalariga kiritilgan. Qayd etilishicha, forvardning o'zi ham «Madridda qolish va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish qarorida qat'iy». «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres hamon dunyo futbolidagi eng iqtidorli yosh o'yinchi bilan shartnoma imzolaganiga amin.

«Lion» tarkibida Endrik barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Hujumchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ