logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

MMA jamoatchigining Prates - Maddalena jangiga munosabati

 3 MAY, 2026, 16:32

Dunyoning ko'zga ko'ringan aralash yakkakurashchilari Karlos Pratesning Pert shahrida bo'lib o'tgan UFC Fight Night 275 turnirining asosiy jangida sobiq chempion Jek Della Maddalenani muddatidan oldin mag'lub etganini beetibor qoldirmadi.

Ularning deyarli bari braziliya jangchining uchinchi raundda avstraliyalik sobiq chempionni texnik nokautga uchratganidan hayratda.

Islam Maxachev: "Ajoyib ish, Nutella torti"

Stiven Tompson: "Prates o'zining jangovar laqabini to'liq oqlaydi - bu yigit dahshatli darajada ajoyib! Bunday finishdan so'ng, sizningcha, yarim o'rta divizion cho'qqisida vaziyat qanday rivojlanadi? UFC Pratesga chempionlik jangi beradimi?

Ian Gerri: "Jekning qo'lidan hech narsa kelmadi. Ha, umuman hech narsa. Karlos, men Islamni mag'lub etganimdan so'ng - sen va men Braziliyada, kel, buni tashkil etamiz!"

Kevin Xolland: "Bu aqlsizlik edi"

Leron Merfi: "Prates shunchaki yondirdi! Dahshat!"

Belal Muhammad: "Vau, Pratesning ajoyib chiqishi!"

Terrens MakKinni: "Karlos Prates raqibini qattiq jazoladi, shunchaki dahshat"

Nolan King: "Prates yilning eng shafqatsiz do'pposlashlaridan birini amalga oshirdi. Mutlaqo aqldan ozgan chiqish"

Ariel Xelvani: "Islam avgust oyida Gerriga qarshi. Prates Moralesga qarshi - kuzda bo'ladigan davogarlik jangi. Hozirgi kunda yarim o'rta divizion mana shunday ko'rinishga ega"

Jan Silva: "SHunchaki Karlos Prates"

Maykl Kerroll: "Bugun yana uchta nokdaun qo'shib, Karlos Prates allaqachon UFC yarim o'rta vazn toifasi tarixida nokdaunlar soni bo'yicha 2-o'ringa chiqdi, uning 12 ta nokdauni bor (Alvesda 13 ta). Eslatib o'taman: u UFC`ga atigi ikki yil oldin kelgan"

Aaron Bronsteter: "Prates Jek Della Maddalenani shunchalik qattiq kaltakladiki, bunga ishonish qiyin".



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ