logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fernandesh Saloh haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi

 3 MAY, 2026, 16:18

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqida nima deb o'ylashini aytdi. Yakshanba kuni Premer-liganing 35-turi doirasida «qizil iblislar» o'z maydonida mersisaydliklarni qabul qiladi. Misrlik futbolchi jarohati sababli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

«Saloh — APLdagi eng yaxshi goleadorlaridan biri. Ha, unda golsiz seriya bo'ldi, lekin bu nimani anglatadi? Siz menga uning mahoratini yo'qotib qo'yganini aytmoqchimisiz? Yo'q, aslo unday emas», — deya «Yunayted» sardori Fernandeshning so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

«MYu» — «Liverpul» bahsi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi. Muhammad Saloh 2017 yildan beri «qizillar» safida to'p tepib kelmoqda. 33 yoshli forvard mavsum yakunida klubni tark etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ