«Real» Zidan bilan bog'langan
3 MAY, 2026, 15:36
Madridning «Real» klubi Xabi Alonsoning o'rniga Zinedin Zidanni tayinlash imkoniyatini ko'rib chiqqan edi. «Qirollik klubi» rahbariyati o'tgan yilning dekabr oyida, Alonsoning tez orada iste'foga chiqishi haqidagi xabarlar tarqalgan paytda, frantsuz mutaxassisi bilan bevosita bog'langan.
Ma'lum bo'lishicha, «qaymoqranglilar» kech qolishgan: Zidan taklifga rad javobini berishga majbur bo'lgan, chunki u allaqachon Frantsiya futbol federatsiyasiga va'da berib qo'ygan edi. Yozda u Frantsiya terma jamoasi tepasida Dide Deshamning o'rnini egallashi kerak.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso yanvar oyi o'rtalarida «Real»dan bo'shatilgan edi, uning o'rnini esa Alvaro Arbeloa egallagan. Joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoada yana bosh murabbiy almashishi kutilmoqda.
