logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» o'z hujumchisini Italiya klubiga sotishga tayyor, ammo bir shart bilan

 3 MAY, 2026, 13:18

«Real» hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, «Yuventus» forvardni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi futbolchining transferi uchun 25 milliondan 30 million evrogacha to'lashga tayyor.

«Qaymoqranglilar» o'z o'yinchisini sotishga qarshi emas, biroq kelishuvga uni qayta sotib olish huquqini beruvchi bandni kiritmoqchi. Gonsalo Garsiya «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Garsiyaning narxini 30 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ