logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Hammaning ko'zi yonyapti»: «Bavariya» futbolchilari «PSJ» bilan bo'lajak bahs haqida gapirishdi

 3 MAY, 2026, 13:06

«Bavariya»ning «Xaydenxaym» bilan 3:3 hisobida yakunlangan bahsidan so'ng, myunxenliklarning ikki futbolchisi navbatdagi muhim o'yin haqida o'z fikrlarini bildirishdi. 6 may kuni Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazishadi.

«Hamma chorshanba kungi bahsda maydonga tushishni qanchalik istayotgani ko'rinib turibdi. Biz o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz va finalga chiqishni istaymiz», — deya yarim himoyachi Leon Goretskaning so'zlarini keltirmoqda DAZN.

«Biz "Real" bilan o'yinda muxlislar jamoani birinchi daqiqadan oxirigacha qanday qo'llab-quvvatlaganini ko'rdik. Ishonchim komilki, chorshanba kuni "Alyants Arena"da haqiqiy "jazirama" bo'ladi», — dedi darvozabon Yonas Urbig.

Dastlabki uchrashuvda «Bavariya» 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ