logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChLning 2026/27 yilgi mavsumi uchun 11 ishtirokchi aniqlandi

 3 MAY, 2026, 12:48

Evropada klublar o'rtasidagi mavsum o'z yakuniga yaqinlashmoqda va Chempionlar ligasining kelasi mavsumidagi asosiy bosqich yo'llanmalari asta-sekin o'z egalarini topmoqda. Ma'lumki, Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 36 ta jamoa ishtirok etadi. Yo'llanmalarning 29 tasi to'g'ridan-to'g'ri beriladi, qolgan 7 tasi esa yozda kvalifikatsiya bahslarida o'ynaladi.

2026/2027 yilgi mavsum Chempionlar ligasi asosiy bosqichining 11 ta ishtirokchisi allaqachon aniqlanib ulgurdi. Ushbu jamoalar ro'yxati quyidagicha: «Arsenal», «Manchester Siti», «Inter», «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Bavariya», «Borussiya» Dortmund, «PSJ», PSV, «Portu».

Shanba kuni ushbu ro'yxatga «Vilyarreal» va «Portu» jamoalari qo'shildi. «Sariq suvosti kemasi» La Ligada kuchli to'rtlikdan joy olishini naqd qilgan bo'lsa, «ajdarlar» Portugaliya chempioniga aylanishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ