logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» himoyani kuchaytirish uchun futbolchi tanladi

 3 MAY, 2026, 12:42

«Bornmut» markaziy himoyachisi Markos Senesi «Liverpul»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. Argentinalik futbolchi allaqachon o'ziga yangi klub tanlamoqda — u mavsum yakunlanganidan so'ng «olchalar» safini erkin agent sifatida tark etadi.

Insayder Matteo Morettoning ta'kidlashicha, «Liverpul» 28 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yaqin vaqt ichida tomonlar navbatdagi muzokaralarni o'tkazishadi. Shuningdek, o'yinchiga «Tottenxem» ham da'vogarlik qilmoqda.

Markos Senesi joriy mavsumda «Bornmut» safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq markaziy himoyachiga da'vogarlar qatorida «Barselona» va «Yuventus» klublari ham tilga olingan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ