logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Enrike «Loryan» bilan o'yindagi omadsizlik haqida gapirdi

 3 MAY, 2026, 11:12

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionatining 32-turi doirasida «Loryan»ga qarshi kechgan o'yindagi ochko yo'qotilishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Har bir o'yin qiyin kechadi, lekin birinchi navbatda «Loryan»ning o'yinini alohida ta'kidlagan bo'lardim. Bu jamoa futbol o'ynashga harakat qiladigan juda jasur jamoa ekan. Bahs og'ir kechdi. Menimcha, biz g'alabaga loyiq edik. Yutuqni qo'lga kiritish uchun etarlicha imkoniyatlar yaratdik, biroq ikki bor to'p darvoza ustuniga tegdi. Natija bilan kelishishga majburmiz. Bu juda alamli, chunki bizga bu uch ochko kerak edi. Endi bu «Lans» uchun imkoniyat va ko'ramiz, ularda vaziyat qanday kecharkin», — deya Enrikening so'zlarini keltirmoqda «PSJ» matbuot xizmati.

«PSJ» 70 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Jamoa ikkinchi o'rinda borayotgan «Lans»dan 6 ochko oldinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ