logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Torres: «Endi «Real»ning o'yinini kutamiz, chempionlikni tezroq nishonlamoqchimiz»

 3 MAY, 2026, 10:48

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres jamoasi bilan chempionlikni tezroq nishonlashni intiqlik bilan kutmoqda. Shanba kuni Xans-Diter Flik shogirdlari safarda «Osasuna» ustidan g'alaba qozonishdi (2:1). Agar bugun Madridning «Real» klubi «Espanol»ni mag'lub eta olmasa, Kataloniya grandi muddatidan oldin chempionlikni qo'lga kiritadi.

«Qiyin va keskin o'yin bo'ldi, lekin menimcha, biz o'zimizni yaxshi ko'rsata oldik. Endi «Real» qanday o'ynashini kutamiz. Biz iloji boricha tezroq chempion bo'lishni va muvaffaqiyatimizni nishonlashni istaymiz. Bu tinimsiz mehnatlarimiz uchun munosib mukofot bo'ladi», — dedi shanba kungi bahsda gol muallifiga aylangan Torres o'yindan keyingi intervyusida.

«Espanol» — «Real» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Keyingi turda esa «qaymoqranglilar» «Kamp Nou»da «Barsa»ga qarshi maydonga tushishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ