«Manchester Yunayted» ketma-ket ikkinchi mavsumni sovrinsiz yakunlashi ma'lum bo'ldi
3 MAY, 2026, 01:06
«Manchester Yunayted» mavsumni birorta sovrinsiz yakunlaydigan bo'ldi.
Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa bugun APLda g'olib chiqish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ldi. Mankunianliklar avvalroq Liga Kubogini 2-raundda, Angliya Kubogini esa 3-raundda tark etishgan edi. Ushbu mavsumda klub evrokuboklarda ishtirok etmadi.
Shu tariqa, «MYu» ketma-ket ikkinchi mavsumni sovrinsiz o'tkazadigan bo'ldi. Jamoaning oxirgi muvaffaqiyatlari Erik ten Xag davriga to'g'ri keladi: 2023/24 yilgi mavsumda «Yunayted» Angliya Kubogini, 2022/23 yilgi mavsumda esa Liga Kubogini qo'lga kiritgan edi. Niderlandiyalik mutaxassis 2024 yilning oktyabr oyida iste'foga chiqarilgan edi.
