logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Benfika» Joze Mourinoga yangi shartnoma taklif qiladi

 2 MAY, 2026, 22:54

Joze Mourino «Benfika» bosh murabbiyi lavozimida qolishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, Portugaliya klubi murabbiyga 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilmoqchi.

«Benfika» prezidenti Ruy Koshta Mourinoni jamoani qayta qurishdagi asosiy omil deb hisoblaydi. Madridning «Real» klubi hamon portugaliyalik mutaxassisga qiziqish bildirayotgani sababli, Mourinoning «Benfika» bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'lish-bo'lmasligi hozircha noma'lum.

Ayni damda «Benfika» Portugaliya chempionatida 31 turdan so'ng 75 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Mourinyuo jamoani 2025 yildan beri boshqarib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ