logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Aral», OKMK va «Xorazm» stadionlarida Prezident qarorida belgilangan integratsiyalashgan kabellashtirish dasturi amalga oshirilmoqda

 2 MAY, 2026, 22:42

Avvalroq, “Neftchi” futbol klubi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi “O'zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 262-sonli qarori asosida Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida integratsiyalashgan kabellashtirish dasturini birinchi bo'lib yakunlagani haqida xabar qilingandi.

Futbol klublari mazkur qaror ijrosini ta'minlash maqsadidagi ishlarni davom ettirmoqda. Xususan, “Aral”, OKMK va “Xorazm” klublari uy uchrashuvlarini o'tkazadigan o'yingohlarda allaqachon kabellashtirish yuzasidan ish olib borilmoqda hamda may oyining ikkinchi yarmida yuqorida nomlari sanab o'tilgan klublarning stadionlari xalqaro talablarga mos ravishda futbol uchrashuvlarini yuqori sifatda hamda ko'plab rakurslardan tasvirga tushirish, shuningdek, VAR tizimining markazlashtirilgan tartibda ishlashini ta'minlashga tayyor bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ