logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. «Bavariya» yana mag'lubiyatdan chiqib ketdi

 2 MAY, 2026, 20:42

Germaniya Bundesligasining 32-turi doirasida «Bavariya» o'z maydonida «Xaydenxaym» bilan durang o'ynadi — 3:3.

Uchrashuvning 22-daqiqasida gruziyalik hujumchi Budu Zivzivadze mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Oradan to'qqiz daqiqa o'tib, Eren Dinkchi «Xaydenxaym»ning ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Myunxenliklar Leon Goretskaning dubli evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Yarim himoyachi 44 va 57-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Biroq 76-daqiqada Zivzivadze ham o'z hisobiga ikkinchi golni yozdirib qo'yib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi.

«Bavariya»ni mag'lubiyatdan darvozabon Diant Ramayning 90+10-daqiqada o'z darvozasiga kiritgan goli qutqarib qoldi.

Bundesliga chempionligini muddatidan oldin hal qilgan «Bavariya» 83 ochko bilan jadvalda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Vensan Kompani jamoasining chempionatdagi besh o'yinlik g'alabali seriyasi yakunlandi. Myunxenliklar 6 may kuni o'z uyida Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi (birinchi o'yin — 4:5).

«Xaydenxaym» (23 ochko) turnir jadvalining so'nggi pog'onasida qolmoqda.

«BAVARIYa» — «XAYDENXAYM» — 3:3

Gollar: Budu Zivzivadze 22 (0:1), Eren Dinkchi 31 (0:2), Leon Goretska 44 (1:2), Leon Goretska 57 (2:2), Budu Zivzivadze 76 (2:3), Diant Ramay 90-avtogol (3:3).

«Bavariya»: Urbig, Kim Min Dje, Jonatan Ta (Alfonso Deyvis, 77), Ito, Stanishich (Yozua Kimmix, 46), Sapoko Ndiay (Harri Keyn, 46), Konrad Laymer, Pavlovich (Luis Dias, 46), Leon Goretska, Jamal Musiala (Maykl Olise, 46), Nikolas Djekson.

«Xaydenxaym»: Ramay, Maynka, Ferenbax, Bush, Sheppner, Niklas Dorsh (Zirsleben, 89), Berens, Eren Dinkchi, Ibragimovich (Kerber, 81), Piringer (Shimmer, 77), Budu Zivzivadze (Kaufmann, 81).

Ogohlantirishlar: Nikolas Djekson (45), Jonatan Ta (72), Laymer (85) — Ramay (45), Bush (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ