logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«MYu» APL yulduzi transferini amalga oshirmoqchi (+Video)

 2 MAY, 2026, 17:48

«Manchester Yunayted» allaqachon tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va yozgi transfer oynasi uchun bir nechta nomzodlar ko'rib chiqilmoqda — ular orasida «Aston Villa» yulduzi Morgan Rodjers ham bor.

Pol Xirstning ma'lumotiga ko'ra, «qizil iblislar» vakillari ayni damda «Villa» vingerini potentsial transfer maqsadi sifatida baholamoqdalar. Uning chap qanotda o'ynay olishi asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda, chunki «Manchester Yunayted» aynan shu pozitsiyani kuchaytirishga intilmoqda.

Rojers 2023 yildan beri «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Maykl Kerrik jamoasi 34 turdan so'ng 61 ochko bilan APLda uchinchi o'rinni egallab turibdi. 3 may kuni «qizil iblislar»ni «Liverpul»ga qarshi printsipial to'qnashuv kutmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ