logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe jarohatini davolash o'rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

 2 MAY, 2026, 17:36

«Real Madrid» muxlislari hujumchi Kilian Mbappeni mavsumning hal qiluvchi pallasida Italiyada sevgilisi bilan hordiq chiqarayotgani uchun keskin tanqid qilishdi.

Jahon chempioni va «Elita» teleseriali orqali mashhurlikka erishgan ispaniyalik aktrisa hamda model Ester Eksposito o'rtasidagi ishqiy munosabatlar haqida shu yilning mart oyida xabar berilgan edi. 1 may kuni Sky Sport nashri Kalyaridan olingan videolavhalarni e'lon qildi — juftlik Sardiniyadagi restoranlardan biriga tashrif buyurgan.

Ushbu video va suratlar ijtimoiy tarmoqlarda «Real» ishqibozlarining keskin noroziligiga sabab bo'ldi. Ko'pchilikning fikricha, Frantsiya terma jamoasi sardori bor e'tiborini jarohatidan tiklanishga qaratishi yoki jamoatchilik oldida o'zini bosiqroq tutishi lozim edi. Ayniqsa, klub Chempionlar ligasidan chiqib ketgani, La Ligada «Barselona»dan 11 ochko ortda qolayotgani va og'ir davrni boshdan kechirayotgani bu noroziliklarni yanada kuchaytirdi.

«Bunga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi», «Unga klubning qizig'i yo'q» — muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi izohlarni qoldirmoqda.

Le Parisien nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Mbappe katta ehtimol bilan 10 may kuni bo'lib o'tadigan «Barselona»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Forvard bor e'tiborini JCh-2026 ga qaratgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ