logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa: «Shunchaki avtobusdan tushib kelib g'alaba qozonib bo'lmaydi»

 2 MAY, 2026, 15:54

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoadagi holat haqida o'z fikrlarini bildirdi. «Qaymoqranglilar» La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va «Barselona»dan 11 ochko ortda qolmoqda.

«Natijalar «Real»dek klubda bo'lishi kerak bo'lgan darajadan ancha yiroqda. Hozirgi futbolda shunchaki avtobusdan tushib kelish bilan hech kimni mag'lub etib bo'lmaydi. Biz jamoaviy o'yinda sezilarli darajada o'sishga erishishimiz kerak. Faqat individual mahoratga va o'z iste'dodimizga tayanib o'ynab bo'lmaydi. Bizga aniq reja, tuzilma va raqib himoyasini qanday buzib o'tish borasida tushuncha kerak», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.

Yakshanba kuni, 3 mayda «Real» La Liga doirasida safarda «Espanol»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ