logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Unai Emeriga shart qo'ydi

 2 MAY, 2026, 15:42

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. «Qirollik klubi» rahbariyati Alvaro Arbeloaning o'rnini egallaydigan mutaxassis izlamoqda.

The Touchline nashrining xabar berishicha, «slivoniylar» Emerining «Aston Villa» bilan Evropa Ligasi joriy mavsumida erishayotgan yutuqlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Agar ispaniyalik mutaxassis birmingemliklarni Evropaning nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi musobaqasida chempionlikka boshlab kelsa, Madrid grandi boshqaruvi uchun asosiy favoritga aylanishi mumkin.

«Aston Villa» yarim finalning ilk uchrashuvida safarda «Nottingem Forest»ga imkoniyatni boy berdi (0:1). Javob o'yini 7 may kuni bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Emeri faoliyati davomida to'rt marta Evropa Ligasida zafar quchgan: uch bor «Sevilya» va bir marta «Vilyarreal» bilan kubokni qo'lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ