logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtua «Barselona»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam beradi

 2 MAY, 2026, 14:36

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Barselona»ga qarshi o'yinda ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Belgiyalik posbon mart oyidan beri maydonga tushmayotgan edi, biroq tez orada safga qaytadi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, darvozabon bo'lajak «El-Klasiko»gacha zarur sport formasini tiklashga ulguradi. 33 yoshli futbolchining reabilitatsiya jarayoni muvaffaqiyatli o'tdi. 3 may kuni «qaymoqranglilar» «Espanol»ga qarshi bahs olib borishadi, «Barselona» bilan to'qnashuv esa bir hafta o'tib, 10 may kuni bo'lib o'tadi.

Alvaro Arbeloa jamoasi La Liga chempionligi uchun imkoniyatlarini deyarli yo'qotgan: chempionat yakuniga besh tur qolganda «ko'k-anorranglilar» bilan oradagi farq 11 ochkoni tashkil etmoqda. Tibo Kurtua joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 39 ta gol o'tkazib yubordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ