logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» hujumchisiga 10 dan ortiq klub da'vogarlik qilmoqda

 2 MAY, 2026, 14:18

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya transfer bozorida juda katta talabga ega bo'lib turibdi. Ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin, biroq boshqa jamoada o'z imkoniyatlarini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning bergan ma'lumotlariga ko'ra, hujumchiga o'ndan ortiq klub qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Dortmundning «Borussiya»si, «Yuventus», «Roma» va Angliya Premer-ligasining bir qator noma'lum vakillari Garsiyani o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani xabar qilingandi.

Transfermarkt talqiniga ko'ra, 22 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ