Grinvudning yangi manzili top-klub bo'lishi mumkin
2 MAY, 2026, 13:06
Portugaliyalik vinger Fransishku Konseysau yozgi transfer oynasida Turinning «Yuventus» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchining ehtimoliy ketishi sababli, «keksa sinora» uning pozitsiyasiga yangi o'yinchi qidirmoqda. Turin top-klubi ayni damda Frantsiyaning «Marsel» jamoasida to'p surayotgan ingliz vingeri Meyson Grinvudni o'z nishoniga oldi. Futbolchining bozor qiymati 55 million evroga baholanmoqda.
Grinvudning provansalliklar bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Liga 1 joriy mavsumida Meyson 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 15 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
