logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saloh yangi klubi haqida gapirdi

 2 MAY, 2026, 12:36

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh o'z kelajagi haqida gapirdi. Misrlik futbolchi mavsum yakunida erkin agent sifatida «qizillar» safini tark etadi. 23 yoshli o'yinchi yozda qaerga yo'l olishi borasida hali bir qarorga kelmaganini tan oldi.

«To'g'risini aytsam, hali qaror qabul qilmadim. Menda variantlar ko'p va ularning hammasi yaxshi variantlar. Hozirgi eng muhim narsa — jismoniy holatim a'lo darajada. Men ko'p yillar davomida tinmay mehnat qildim va hozir bu harakatlarim o'z mevasini berayotganini his qilyapman. Ko'ramiz, oldinda meni nimalar kutyapti», — deya ingliz OAVlari Salohning intervyusidan iqtibos keltirmoqda.

Hujumchi 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u 39 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ