logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Roma» Malenni to'liq sotib olishga tayyorlanmoqda

 2 MAY, 2026, 09:18

«Roma» hujumchi Doniell Malenning transfer huquqini to'liq sotib olib, uni jamoada qoldirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Voetbal International» nashri xabar bermoqda.

Malen shu yilning yanvar oyida «Aston Villa»dan ijaraga olingan edi. U Seriya A doirasidagi 14 ta uchrashuvda 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va qisqa vaqt ichida jamoaning eng yaxshi to'purariga aylandi.

Rim klubi rahbariyati agar kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelmasa, 27 yoshli futbolchining shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirish niyatida. Niderlandiyalik hujumchining transferi «Roma»ga 25 million evroga tushishi aytilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ