logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» sobiq futbolchisi Giu «Chelsi»dan ketib, Ispaniyaga qaytmoqchi

 2 MAY, 2026, 08:12

«Chelsi» hujumchisi Mark Giu Angliyada o'zini ko'rsata olmadi. «Ko'klar» yosh ispaniyalikni 2024 yilning yozida «Barselona»dan o'z safiga qo'shib olgan edi. Yangi jamoasida hujumchi asosiy tarkibga yaqinlasha olmadi, shu sababli ketish haqida jiddiy o'ylamoqda.

Mundo Deportivo ma'lumotlariga ko'ra, Giu Ispaniyaga qaytishni istamoqda. «Chelsi» rahbariyati esa futbolchini Premer-liganing boshqa bir klubiga ijaraga berishni afzal ko'rmoqda, biroq Markning o'zi La Liga jamoalaridan birida o'z kuchini sinab ko'rish umidida.

Transfermarkt portali «Barsa» tarbiyalanuvchisining narxini 12 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi maydonda 16 bor ko'rinish berdi va o'z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ