logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Benfika» Mourinoning «Real»ga o'tishiga to'sqinlik qilmoqchi

 2 MAY, 2026, 06:18

«Benfika» Madridning «Real» klubi tomonidan qiziqish bo'layotganiga qaramay, bosh murabbiy Joze Mourinoni jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, ushbu haftada Lissabon klubi prezidenti Ruy Koshta murabbiy bilan uchrashib, kelasi mavsum rejalarini muhokama qilgan.

Manbaga ko'ra, «Benfika» rahbariyati Mourino bilan shartnomani 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishni istamoqda. Ayni paytda mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Shu bilan birga, amaldagi kelishuvda maxsus band mavjud bo'lib, unga ko'ra, Mourino mavsum yakunlanganidan keyin 10 kun ichida 3 million evro to'lash orqali klubni tark etishi mumkin.

Ta'kidlanishicha, yuzaga kelgan vaziyatda «Real» Mourinoni bosh murabbiy etib tayinlash bo'yicha qaror qabul qilishni tezlashtirishi talab etiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ