logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Everton»ning eski stadioni juda ajoyib edi»

 1 MAY, 2026, 22:48

Dushanba kuni «Manchester Siti» Premer-liga doirasida «Everton»ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bo'lajak uchrashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Everton» — qiyin raqib va ular doim shunday bo'lib kelgan. U erda o'ynash biroz g'alati bo'ladi, chunki «Everton»ning eski stadioni juda ajoyib va yoqimli, haqiqiy britancha ruhda edi. U erga borishni yaxshi ko'rardim, lekin yangi stadionni ham intiqlik bilan kutyapman. Ular juda yaxshi himoyalanishadi. Moyes nima qilish kerakligini aniq biladi. «Etixad»dagi bahs taqdirini ikki-uchta vaziyat hal qilgandi, unda biz eng yaxshi holatimizda emasdik. Hozir esa o'yinimiz yaxshilandi va umid qilamanki, bundan foydalana olamiz», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

«Everton» va «Manchester Siti» o'rtasidagi uchrashuv 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ