logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Yoqmasa — Frantsiya yoki Portugaliyaga keting!»

 1 MAY, 2026, 22:36

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida o'yinlar taqvimi haqida mulohaza yuritdi. Mutaxassisdan Frantsiyadagi vaziyatga, ya'ni liga bahorda «PSJ»ning Chempionlar ligasiga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi uchun bir nechta o'yinlarini ko'chirganiga munosabat bildirishini so'rashdi.

«Boshqa mamlakatlarda bunday holatlar bo'lishi mumkin, ammo Angliyada hammasi qanday bo'lsa shundayligicha qoladi. Biz moslashishimiz kerak. Agar bu sizga yoqmasa — Frantsiya yoki Portugaliyaga borib murabbiylik qiling. Menga shu erda bo'lish yoqadi. Hatto «Barselona»da bo'lgan vaqtimda ham APL murabbiylari taqvimdan tez-tez shikoyat qilishlarini kuzatardim. Shu bois, bu erda boshqacha bo'lishini kutmagandim», — dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, 4 may, dushanba kuni «Manchester Siti» mehmonda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ