logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: "Orzularimizni ro'yobga chiqarishga yaqinlashmoqchiman"

 1 MAY, 2026, 21:18

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionati doirasidagi «Fulxem»ga qarshi o'z maydonida kechadigan bahs oldidan o'z kayfiyati bilan o'rtoqlashdi.

«Men bor e'tiborimni "Fulxem"ga va g'alaba qozonish istagiga qaratganman. Raqobatlashish, o'ynash va yutish istagiga. Orzuimiz amalga oshishiga yanada yaqinroq bo'lish istagiga. Futbolchilarning ko'zida nimani ko'ryapman? G'alabaga bo'lgan chanqoqni. Yutish istagini, vassalom. Maqsadga erishish istagini», — dedi Arteta jurnalistlarga.

Hozirda «Arsenal» Premer-ligada «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, londonliklar bitta ko'p o'yin o'tkazishgan. Eslatib o'tamiz, «Arsenal» oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ