Ekspert hakamlar guruhi xulosasi: “Yaypan” — “G'azalkent” o'yinini boshqargan hakam Superliga va Proligadan vaqtinchalik chetlatildi
1 MAY, 2026, 20:36
Proliganing 6-turidan o'rin olgan “Yaypan” — “G'azalkent” uchrashuvidagi bahsli vaziyat ekspertlar tomonidan ko'rib chiqildi.
80-daqiqada mezbonlar hujumchisiga nisbatan qo'pollik sodir etilganiga qaramay, bosh hakam tomonidan qoidabuzarlik belgilanmagan. Shuningdek, Rustam Choriev o'yin davomida bir qator xatolarga yo'l qo'yib, o'yin muvozanatini saqlay olmagani qayd etildi.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga asosan Rustam Choriev vaqtinchalik Superliga va Proliga uchrashuvlaridan chetlatildi.
