logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta Xavertsning Chempionlar ligasi javob yarim finaligacha sog'ayishiga umid qilmoqda

 1 MAY, 2026, 20:30

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Fulxem»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoadagi jarohatlar mavzusiga to'xtalib o'tdi.

«Umid qilamanki, «Atletiko»ga qarshi o'yingacha Xaverts tayyor bo'ladi», — deya Artetaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Athletic.

Shuningdek, derbida Martin Edegorning ishtirok etishi ham so'roq ostida qolmoqda.

«Ko'ramiz, ertaga ertalab ahvol qanday bo'larkin, biz ko'p mashg'ulot o'tkaza olmadik. Ertaga yakuniy ma'lumotga ega bo'lamiz».

Bundan tashqari, himoyachi Yurrien Timber ham mazkur uchrashuvda ishtirok etmaydi.

«Arsenal» ayni damda 73 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. «Fulxem» esa 48 ochko bilan o'ninchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ