logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik: «Futbolchilar ushbu klub uchun borlarini berishmoqda»

 1 MAY, 2026, 20:30

«Barselona» bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritayotgan Xans-Diter Flik kataloniyaliklarning ketma-ket ikkinchi bor La Liga chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turgani haqida gapirdi.

«Futbolchilar hamma narsani juda yaxshi bajarishmoqda, ular ushbu klub uchun bor kuchlarini berishmoqda. Biz yaxshi o'yin namoyish etyapmiz, lekin yana bir nechta uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak. Biz aynan shunga erishishni istaymiz», — deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda AS.

Shuningdek, «ko'k-anorranglilar» ustozi jamoa muxlislariga qo'llab-quvvatlaganlari va uy uchrashuvlarida ajoyib muhit yaratganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ayni damda «Barselona» turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Madridning «Real» klubini 11 ochkoga ortda qoldirmoqda. Bugun, 2 may kuni Flik shogirdlari safarda «Osasuna»ga qarshi maydonga tushadilar. Bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ