logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta: «Men uni APLning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblayman»

 1 MAY, 2026, 20:24

Shanba oqshomida «Arsenal» «Fulxem»ga qarshi derbi uchrashuvini o'tkazadi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta «dala hovlilichilar» ustozi Marku Silvaning ishiga yuqori baho berdi.

«Marku Silva ajoyib ishni amalga oshirmoqda. Men uni APLning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb hisoblashimni ko'p marta aytganman. Uning jamoalarini qanday shakllantirishi va o'z klubi uchun qilgan ishlari — shunchaki aql bovar qilmaydigan darajada. Shu sababli, ertaga bizni juda og'ir o'yin kutayotganini tushunib turibmiz», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

«Arsenal» va «Fulxem» o'rtasidagi Premer-liga bahsi 2 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30'da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ